Dars jadvalini generatsiya qilish platformasi

edarsjadval maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish:

Ushbu siyosat edarsjadval veb-platformasiga tegishli. Maktab ma’lumotlarining asosiy vazifasi — foydalanuvchi belgilagan shartlarga mos dars jadvalini generatsiya qilish. eMaktab bilan ma’lumot almashadigan brauzer kengaytmasi uchun alohida maxfiylik siyosati mavjud.

1. Qanday ma’lumotlar ishlatiladi?

Platformaga foydalanuvchi kiritgan yoki import qilgan maktab, sinf va guruh nomlari hamda identifikatorlari, o‘qituvchi ismlari va identifikatorlari, fanlar, xonalar, dars taqsimoti, ish vaqtlari, cheklovlar va yaratilgan jadvallar ishlatiladi.

  • Hisobga kirish uchun Google hisobidagi ism, email, profil rasmi va autentifikatsiya tokenlari ishlatiladi.
  • Interfeys tili, sessiya va ayrim ko‘rinish sozlamalari brauzerda saqlanadi.
  • Fikr-mulohaza yuborilganda foydalanuvchi o‘zi kiritgan xabar va ixtiyoriy aloqa ma’lumoti ishlatiladi.

2. Maktab ma’lumotlarining maqsadi

Maktab ma’lumotlari dars jadvalini generatsiya qilish, cheklovlarni tekshirish va generatsiya natijasini saqlash, ko‘rish, tahrirlash hamda eksport qilish uchun ishlatiladi. Bu ma’lumotlar reklama, reklama profili yoki sotish uchun ishlatilmaydi.

Hisob ma’lumotlari tizimga kirish va tegishli maktab ish maydoniga ruxsatni boshqarish uchun kerak. Ixtiyoriy support xabarlari murojaatga javob berish va bildirilgan muammoni hal qilish uchun ishlatiladi.

3. Saqlash

Maktab ma’lumotlari va generatsiya qilingan jadvallar foydalanuvchining edarsjadval ish maydonida serverda saqlanadi. Brauzerda sessiya tokeni, hisob ma’lumotlari, til va ko‘rinish sozlamalari saqlanadi. Yuborilmagan fikr-mulohaza tarmoq xatosida lokal nusxa sifatida saqlanishi mumkin.

Ma’lumotlar ish maydonida jadval bilan ishlash uchun saqlanadi; ularni tuzatish, o‘chirish yoki saqlanish muddati haqida so‘rov yuborish mumkin. Brauzerdagi ma’lumotlarni tozalash serverdagi nusxalarni avtomatik o‘chirmaydi.

4. Ma’lumotlar kimga ochiladi?

Jadval ma’lumotlari edarsjadval xizmatiga va shu maktab ish maydoniga ruxsati bor foydalanuvchilarga kerakli funksiyalar doirasida ochiladi. Foydalanuvchi jadvalni ommaga ulashishni yoqsa, havolaga ega shaxslar jadvaldagi maktab, sinf, o‘qituvchi, fan va xona nomlarini ko‘ra oladi. Ochiq ulashishni o‘chirish mumkin.

Google/Firebase xizmatlari faqat Google orqali kirishni ta’minlashda qatnashadi. Profil rasmi bo‘lmasa, zaxira avatar yaratish uchun ism ui-avatars.com xizmatiga uzatilishi mumkin. Bu kirish va avatar xizmatlariga maktab jadvalini generatsiya qilish uchun berilgan ma’lumotlar yuborilmaydi.

Jadval eksporti yoki extension orqali boshqa tizimga uzatish foydalanuvchi boshlagan alohida amal hisoblanadi. Extensionning ma’lumot almashish tartibi uning alohida siyosatida tushuntirilgan.

5. Nazorat, tuzatish va o‘chirish

Maktab ma’lumotlarini va jadvallarni tegishli ish maydonidagi boshqaruv amallari orqali tuzatish yoki o‘chirish mumkin. Hisob yoki serverdagi ma’lumotlarni o‘chirish bo‘yicha murojaatni [email protected] manziliga yuboring. Murojaatga parol yoki tokenni qo‘shmang.

Hisobdan chiqish yoki saytning brauzer ma’lumotlarini tozalash lokal sessiyani olib tashlaydi; bu serverdagi jadvallarni o‘chirish o‘rnini bosmaydi.

6. Xavfsizlik va boshqa xizmatlar

Hisob tokeni tegishli serverga ulanishni va ish maydoniga kirish huquqini tekshirish uchun ishlatiladi. Ochiq jadval havolasini yoqishdan oldin unda ko‘rinadigan ma’lumotlarni tekshiring.

Google/Firebase, avatar xizmati va foydalanuvchi tanlagan tashqi tizimlar o‘z maxfiylik qoidalariga ega. Ushbu siyosat edarsjadval platformasining yuqorida ko‘rsatilgan foydalanishini tavsiflaydi.

7. Siyosat yangilanishi

Ma’lumotlar bilan ishlash tartibi o‘zgarsa, shu sahifadagi siyosat va yangilanish sanasi o‘zgartiriladi. Siyosatni login qilmasdan o‘zbek va ingliz tillarida o‘qish mumkin.

8. Bog‘lanish

Maxfiylik, ma’lumotlarni tuzatish yoki o‘chirish bo‘yicha murojaat:

[email protected]